3 969
Otabek Hasanov: "Agar jamiyatda yana shunday hokim o‘rinbosari chiqsa, bizga qiyin bo‘ladi"
Foto: «Daryo»
Ko‘pchilik rahbarlar ommaviy axborot vositalariga ma’lumot bergisi kelmaydi yoki intervyu berishdan qo‘rqadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dekani, siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanov «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov bilan suhbatida aytib o‘tdi.
Oldinroq, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov «Kun.uz» sayti muxbiriga tajovuz qilgani va muxbir unga katta miqdorda pora taklif qilgani haqida aytilgan edi. Ishni Toshkent shahar prokuraturasi o‘rganib, Vahobov harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi to‘g‘risida axborot bergandi. Keyinroq ishni Bosh prokuratura qayta ko‘rib chiqqani va hokim o‘rinbosari ishdan olingani xabar qilindi.
Ushbu masala yuzasidan Otabek Hasanov ham siyosatshunos, ham bloger sifatida o‘z fikrini bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, rahbarlarning o‘zini bunday tutishi ularda ma’lumot yetishmasligidan kelib chiqmoqda.
O‘zim blogerman. Bu mening mutaxassisligimga ham yaqin. Tadqiqot ishim — rahbarlarni tayyorlashda va ularni kasbiy o‘sishida zamonaviy tajribalardan foydalanish.
Men bloger bo‘lishdan oldin uch oy o‘zimni-o‘zim tayyorladim. Avvalo, bloger qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javob topdim. Buning uchun OAV qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni o‘qib chiqdim. Xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgandim. Chunki siz bloger bo‘lsangiz va sizni o‘n minglab kuzatuvchingiz bo‘lsa, shuncha odamni fikriga ta’sir qilishingiz mumkin. Shularni hisobga olib, tayyor bo‘lganimdan keyin faoliyat yurityapman.
Bugungi kunda ko‘pchilik rahbarlarimiz OAVlarga ma’lumot bergisi kelmaydi yoki intervyu berishdan qo‘rqadi. Lekin OAV ham, blogerlar ham o‘z-o‘zidan xohlagan odamidan borib intervyu olmayapti. Bir muammo kelib chiqyapti, keyin jurnalist yoki bloger oydinlik kiritish uchun boryapti. O‘sha joyda rahbar yoki hokim masalaga oydinlik kiritib, izoh bersa, masala joyida hal bo‘ladi. U ijtimoiy tarmoqlarda aylanib, boshqacha tus olib ketmaydi. Bu nimadan dalolat beradi — ma’lumot yetishmasligidan. Uinston Cherchill aytganidek, «Haqiqat kiyinguncha, yolg‘on butun dunyoni aylanib chiqadi». Ya’ni hokim va rahbarlarga muomala hamda notiqlik madaniyati ham kerak bo‘lyapti.
Akademiyada o‘sha kunning ertasiga — 3 sentyabrdan tinglovchilar uchun notiqlik, muomala madaniyati va OAV bilan ishlash bo‘yicha maxsus kursni ishlab chiqishni reja qildik. Chunki rahbarlarning har bir xatosida o‘zimizni ko‘ryapmiz. Biz bunday holatni oldindan bashorat qila olmaymiz, ammo bo‘lgan xatolikka akademiyada uning aksi sifatida ish olib borishimiz zarur. Agar jamiyatda yana shunday hokim o‘rinbosari chiqsa, bizga qiyin bo‘ladi. Demak, boshqa chiqmasligi (chiqishi mumkin boshqa muammolar bilan), huddi shu muammo qaytarilmasligi uchun bu kabi holatlarga tezda yechim berishimiz darkor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi