O‘zbekistonda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi yanada oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigida aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, keyingi ikki yilda mamlakatda 35 ta, jumladan, 13 ta xorijiy oliy o‘quv yurti tashkil etildi. Yuzdan ortiq yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
“Ana shunday chora-tadbirlar natijasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi uch yil burungi 9 foizdan 20 foizga oshdi. Biz yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”, - deyiladi tabrik matnida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi