Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona xodimlari ayrim shaxslar tomonidan zargarlik buyumlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari, qo‘shni davlatdan ushbu post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.G. xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazishganda ushbu shaxsning qo‘l yuklari va kiyimlari orasida umumiy qiymati qariyb 96,5 million so‘mlik jami og‘irligi 385.55 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari yashirilganligini aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu post xodimlari tomonidan yana bir yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.M. xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu fuqaro umumiy qiymati qariyb 197 million so‘mlik jami 786 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga uringanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi