14:50 / 22.10.2019
2 983

Salkam 2 kilogramm zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi

Salkam 2 kilogramm zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi
Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini mamlakatimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, fuqaro A.S. qo‘l sumkalarining turli burchaklariga zarqog‘ozga o‘rab joylashtirib, umumiy qiymati 38,5 million so‘mlik 1924,62 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlandi.

Yana bir holat “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro B.G.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, umumiy qiymati 3,3 million so‘mlik, og‘irligi 109 gramm bo‘lgan kumush va tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirayotgani aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salkam 2 kilogramm zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi