Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 21:40da fuqaro N.X. o‘zining boshqaruvidagi fuqaro Sh.J.ga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Yettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 50-kilometrida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MChJga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketgan holda, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada «Neksiya» avtomashina haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda «Lasetti» avtomashina haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”