IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2 noyabr kuni soat 11:50da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan «Qarshi katta halqa yo‘li»ning «Yettitom-Qarshi» 4R-87 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 53 kilometrdagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi bilan fuqaro S.X. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-322132» rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtomashina to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida «Gaz-322132» rusumli avtomashinada bo‘lgan 10 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) va «Lasetti» rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) fuqaro turli darajada tan jarohati olib RShTTYoIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.
«Gaz-322132» rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi