12:08 / 08.11.2019
2 894

MIB “AUTOCON” tadbirlarini davom ettirmoqda

MIB “AUTOCON” tadbirlarini davom ettirmoqda
Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahrining markaziy ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan, transport vositalaridan foydalanish jarayonida huquqbuzarlik sodir etgan va jarimalarni belgilangan muddatda to‘lamay kelayotgan haydovchilarga nisbatan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Andijon shaxar bo‘limi ish yurituviga IIB YHXBning viloyat boshqarmasi tomonidan 8.590 dona jami 2 mlrd 067 mln so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, joriy yilning noyabr oyiga qadar jami 1 mlrd 275 mln 616 ming so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanishiga erishildi.

Birgina, oktyabr oyida o‘tkazilgan reyd davomida ma’muriy jarimalarni muddatida to‘lamagan transport vositasi haydovchilari zamonaviy uskuna AUTOCON yordamida aniqlanib, qariyb 610 mln so‘m undirildi. 600dan ziyod haydovchilar esa jarimani to‘lamagani uchun boshqaruvidagi transport vositalari jarima maydoniga tortildi.

Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kundan kechirtirmay jarimani to‘lashi belgilangan. Agar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani qaror chiqarilgan kundan boshlab 60 kundan kechikmay to‘lashi lozim.
Shunday ekan, haydovchilarimizga eslatib o‘tmoqchimiz. Avvalo, yo‘llarda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni unutmang.

Agarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar bo‘lsa, o‘z vaqtida to‘lashni yoddan chiqarmang!
Ayni kunlarda Andijon shahrida bunday tadbirlar keng ko‘lamda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB “AUTOCON” tadbirlarini davom ettirmoqda