Bugungi kunda zamonamiz shiddat bilan rivojlanlanayotgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman degan fuqarolarimizga keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarimiz energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning yangidan-yangi usullarini o‘ylab topishmoqda.
Jumladan, Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi hamda shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, “Z.G” MChJ rahbari G.Zaripov jamiyatga qarashli ohak mahsulotlari ishlab chiqarish sexida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning 25-bandi “d” kichik bandi talablariga zid ravishda tabiiy gazdan foydalanib kelganligi aniqlandi.
Ushbu “shovvoz” Qarorning tegishli bandi talablaridan antiqa usulda “aylanib o‘tdi”. Antiqaligi shundaki, jamiyatdagi “STG” gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, uskunaning ichki qismiga tosh bo‘laklarini tashlash orqali sarflanayotgan gazni hisoblash mexanizmini to‘xtatib qo‘yishga erishganligiga nima deysiz?
Byuro xodimlari tomonidan ushbu kirdikorlik fosh qilinib, ta’minotchi korxonaning qayta hisob-kitob dalolatnomasiga ko‘ra, korxona manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani, ya’ni tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Jamiyat rahbari qilmishini tan olib, yetkazilgan 384 mln. so‘mlik zararni to‘liq qoplab berdi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka ham tortildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi