2 216
Elmira Bositxonova: «Ajralishlarning oldini olmasak, oilaviy qadriyatlarimizni yo‘qotib qo‘yamiz»
15 noyabr kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlarining kelgusi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlashtirib olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mita raisi Elmira Bositxonova o‘z nutqida boshlang‘ich tashkilotlarni qo‘mitaning ildiziga qiyoslab, ularning faoliyatidagi qator kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etishda nimalarga ko‘proq ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, oilaviy munosabatlar, ajralishlar holati haqida shaxsiy fikr-mulohazalarini bayon etdi.
«Ajralish – oddiy hujjat bilan bo‘ladigan narsa. Qaror chiqqach, ajraladi. Ammo hamma muammo ajralgandan so‘ng boshlanadi. Buni har kuni 80 nafargacha qabulimga kelayotgan ayollar misolida ko‘ryapman. Ularning 45-50 foizi ajrashganlar bo‘lib chiqyapti. Bola, boylik, yer talashish, bir-birini urish holatlarining kuzatilayotgan achinarlidir.
Oilaviy qadriyatlarni asrashimiz zarur. Xorijlik ekspertlar ham oila va keksalarga munosabatimizga havas qilishadi. Agar ajralishlarning oldini olmasak, biz buni yo‘qotib qo‘yamiz. Hammamiz tomoshabin bo‘lib turibmiz, jumladan men ham. Jamiyat o‘zi to‘g‘rilab oladi, deb o‘ylayapmiz. Jamiyat bizmiz, biz to‘g‘rilamasak, hech narsa o‘zidan o‘zi to‘g‘rilanmaydi», – degan Bositxona. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi