O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov mavzu yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
«Kelasi yil iqtisodga ajratadigan kreditlarni YaIM nominal o‘sish darajasida bo‘lishini mo‘ljallamoqdamiz.
Imtiyozli kreditlar tartibi o‘zgaradi. Bunga qadar jurnalistlar aynan shu tizimni ko‘p bora tanqid qilgan edilar. Mana, o‘sha kunlarga yetib keldik, imtiyozli kreditlar tartibga solinadi.
2020 yildan boshlab YaIMdan past darajada kredit berish tartibi bekor qilinadi. Foiz stavkasi 16 foiz bo‘lishi kelishib olindi. 2020 yildan boshlab barcha iqtisodga ajratilayotgan kreditlar bozor talablaridan kelib chiqib beriladi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi kreditlarga esa manzilli asosda, dotatsiya sifatida mablag‘ ajratishga erishamiz. Bu orqali pul bozoridagi holatimizni bozor prinsiplari asosida tashkil qilishga erishamiz.
Imtiyozli kreditlar har doim kreditga bo‘lgan talabni noreal tarzda o‘sishiga olib kelgan. Bu orqali biz mana shu o‘sishni pasaytirib, samarali foydalanish imkoniga erishmoqchimiz. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, kelasi yildan e’tiboran iqtisodiy samarador bo‘lgan loyihalar muntazam moliyalashtirib boriladi», — deb aytib o‘tdi Markaziy bank boshqaruvi raisi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?