date
views 3 180

Deputatlikka nomzod: “Aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolning bizga keragi yo‘q“

Deputatlikka nomzod: “Aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolning bizga keragi yo‘q“
“Adolat“ Sotsial demokratik partiyasidan deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ygan Obidjon Latipov O‘zbekistonda totalizatorlarni qonuniylashtirilishiga munosabat bildirdi.

“Mendan totalizatorlarning qonuniylashtirilishiga munosabat bildirishimni so‘rashyapti.
Bizga, aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolni keragi yo‘q.

Futbol rivoji uchun qayg‘urayotganlar, avval futbolni moliyalashga ketayotgan katta mablag‘lar qayerdan kelib, qayerga ketayotganini shaffoflashtirsalar yaxshiroq bo‘lar edi.

Biz aholini bir qismini qashshoqlikka olib keluvchi, hayotini izdan chiqarib yuboruvchi totalizatorlarga o‘xshash narsalar haqida bosh qotirishdan ko‘ra, odamlar turmushini yaxshilash, daromadlarini o‘stirish yo‘llarini izlashimiz kerak" - deya o‘z so‘zlarini yakunlaydi nomzod.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputatlikka nomzod: “Aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolning bizga keragi yo‘q“