Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalari hamda qoʻmitalari yigʻilishlarida kechayotgan muhokamalarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi maromiga yetkazilmoqda, deyiladi Qonunchilik palatasi saytida.
Muhokamalarda soliq tizimida huquqni qoʻllash amaliyotida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hisobiga soliq nazoratining tartib-taomillarini yanada takomillashtirish, shu bilan birga, nazorat funksiyalari turlarini imkon qadar kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga soliq toʻlovchilar uchun tahlika-tahlil asosida soliq nazoratining yangi tartibi (kameral tekshiruv, sayyor tekshiruv, soliq auditi) taklif etilmoqda.
Tahlika-tahlil dasturi faoliyat koʻrsatayotgan barcha xoʻjalik subyektlarini muayyan mezonlar asosida, xavflilik darajasiga qarab, inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda 3ta segmentga (yashil yoʻlak, sariq yoʻlak, qizil yoʻlak) ajratadi.
Aytilishicha, ushbu dastur jahondagi koʻplab davlatlarda, jumladan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Rossiya federatsiyasi kabi rivojlangan davlatlarda hozirda samarali qoʻllanilib kelinmoqda.
Xavflilik darajasi past boʻlgan (yashil yoʻlakcha) korxonalarga nisbatan hech qachon soliq tekshiruvlari amalga oshirilmaydi va ushbu korxonalarga yuqori darajadagi soliq xizmatlari koʻrsatiladi.
Xavflilik darajasi oʻrtacha boʻlgan (sariq yoʻlakcha) korxonalarga nisbatan faqat kameral soliq tekshiruvi amalga oshiriladi va ushbu korxonalarga xato-kamchiliklarini bartaraf etish boʻyicha hisobotini tuzatish imkoni beriladi hamda ularga nisbatan moliyaviy va maʼmuriy jarimalar qoʻllanilmaydi.
Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, buxgalteriya hujjatlarini va hisobvaraq-fakturalarini soxtalashtirish holatlari aniqlangan xavflilik darajasi oʻta yuqori boʻlgan (qizil yoʻlakcha) korxonalarga nisbatan soliq auditi tekshiruvi tadbirlari amalga oshiriladi. Oʻz-oʻzidan aniqki, bunday korxonalar doimiy nazoratda boʻladi.
Bildirilishicha, ushbu tadbirlar soliq nazoratini amalga oshirishning shaffofligini taʼminlab, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi