“Oʻzbekiston havo yoʻllar” Milliy aviakompaniyasi Yangi yil bayrami munosabati bilan 2019-yil 31-dekabrdan 2020-yil 2-yanvargacha respublika boʻyicha qatnovlarda 30% dan 50% gacha chegirmalar oʻrnatilgani haqida eʼlon qildi.
Chegirmalar quyidagi qatnovlarga ishlab chiqildi:
- individual yoʻlovchilar uchun – 30%;
- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va oliy oʻquv yurtlari, kolledjlar talabalari, maktab oʻquvchilari, OʻzR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus taʼlim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va oʻquvchilari uchun – 40%;
- oila uchun (2 yoki undan koʻp odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari; 18 yoshgacha boʻlgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;
- nafaqaxoʻrlar va nogironlar uchun – 50%;
- 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;
- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolaruchun – 50%.
Aviachiptalarni barcha kassalarda chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.
Chegirmalar chet elliklarga ham taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”