date
views 3 089

Bosh prokuratura Qibray tumanidagi is gazidan zaharlanish holati yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura Qibray tumanidagi is gazidan zaharlanish holati yuzasidan bayonot berdi
2019-yil 01-dekabr kuni Qibray tumani tez tibbiy yordam xizmatidan Alisherobod MFY, Erta tong koʻchasi, 16-uyda yashovchi fuqaro Gʻ.Berdiyevning oilasi is gazidan zaharlanganligini haqida xabar kelib tushgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining maʼlumotnomasiga koʻra, Gʻ.Berdiyevning 7 nafar oila aʼzolarida “is gazidan oʻtkir zaharlanishning yengil darajasi” tashxisi va qonlaridan 9-14 foiz darajada is gazi miqdori aniqlanib, ularga toksikologiya boʻlimi tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Shuningdek, fuqaro Gʻ.Berdiyevning qolgan 9 nafar oila aʼzolarining qonidan 6-8 foiz darajada is gazi miqdori aniqlangan boʻlsa-da, oʻtkir zaharlanish tashxisi qoʻyilmagan.

Barcha bemorlarga tegishli tez-tibbiy yordam koʻrsatilgan va yashash manziliga ambulator davolanish uchun qaytarilgan.
Mazkur holat boʻyicha Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Qibray tumanidagi is gazidan zaharlanish holati yuzasidan bayonot berdi