Xorazmda fuqaroni chegara qoʻshinlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib pora talab qilgan DXXning soxta xodimi ushlandi. Bu haqda “Daryo”ning DXXdagi manbalari xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Urganchdagi maktablarining birida psixolog vazifasida ishlab kelgan 35 yoshli A.M. fuqaro Q.O.ga oʻzini goʻyoki hozirda Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasida ishlayotganligini aytib, 600 dollar evaziga uni Chegara qoʻshinlariga ishga kiritib qoʻyishi mumkinligini bildirgan.
DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida A.M. jabrlanuvchi Q.O.dan 600 AQSH dollari olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”