Boymurod Yusupov/Foto: Xalqaro press-klub
Siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida suratga olinayotgan “Demokratik debat” tok-shousining 10-dekabr kungi sonida Ichki va tashqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya taʼminoti masalalari muhokama qilindi.
Unda Xalq demokratik partiyasi vakili sifatida soʻzga chiqqan Boymurod Yusupov mamlakat yoshlari ichida migrantlar sonining oshib borishini oʻtgan davrda taʼlim tizimi uchun tanlangan milliy dasturning xato boʻlgani bilan izohladi.
«Taʼlim uchun tanlangan dastur xato edi. Buning uchun davlatning milliardlab puli ketdi. Natijada uch yil kollejda oʻqigan bolani ota-ona majbur boʻldiki, 3 oylik kurslarda qayta oʻqitishga.
Davlatning shuncha katta mablagʻi sarflanib, 3 yilda berilmagan bilimni 3 oyda xususiy kurslar berardi.
Oʻzingizga savol bering, bugungi kunda Oʻzbekistonda qanchadan-qancha ilmiy ishlar yozilib, doktorlik dissertatsiyalari yoqlanadi. Lekin ularning qanchasi sanoat, ishlab chiqarish va hayotga tatbiq qilinayapti? Demak bu toʻgʻridan-toʻgʻri taʼlim bilan bogʻliq. Agar mana shu ilmiy yangiliklar tahlil qilinganda edi, biz intellektual salohiyatli davlatlari qatorida boʻlardik», dedi Boymurod Yusupov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi