19:43 / 11.12.2019
4 878

Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova

Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova
Yaqinda O‘zbekiston jazoni ijro etish muassasalaridagi 575 nafar shaxs prezident farmoni bilan avf etilgan. Shundan 361 nafari ozod etilib, 214 nafarining o‘talmagan jazo muddati ¼ qismga qisqartirilgan. Bu haqda 11 dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytildi.

O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artikovaning ta’kidlashicha, avf bilan ozod etilgan 361 nafar shaxslar ijtimoiy moslashtirish hamda qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklarini oldini olish maqsadida ichki ishlar xodimlarining profilaktik nazoratiga olingan.

Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida 257 ta muddati tugagan yoki muddatidan o‘tib ketgan fuqarolik pasportlari qayta tiklangan va egalariga topshirilgan.

Fuqarolar orasida bo‘lgan 1 nafar chet el hamda 1 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekistonda doimiy yashash guvohnomasi rasmiylashtirilgan. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida ularning 24 nafariga davolash muolajalari olib borilib, sil kasalligiga chalingan 1 nafar shaxs Toshkentdagi Olmazor tumani silga qarshi kurashish dispanseri hisobiga olingan.

Ijtimoiy moslashtirish masalasiga kelsak, jazodan ozod etilganlarning uyigacha yetib borishi uchun tegishli mablag‘ to‘lanadi. Bu ham siz bilan bizning yelkamizga tushadi. Ular kuzatish uchun ichki ishlar idoralari tomonidan albatta profilaktika nazoratiga olinadi”, - deya ta’kidlaydi Bosh prokuror o‘rinbosari.

Dushmanga ravo ko‘rmaymiz shu joylarda jazo o‘tashni. Jazoni o‘tash joyi dam olish sanatoriyasi emas. Hamma mahkumlarning ham sog‘ligi a’lo darajada emas...”, - deb qo‘shimcha qildi bosh prokuror o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova