Yangi yil ayyomi yaqinlashgani sari ayrim uddaburon “tadbirkorlar” tomonidan pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda saqlash, tashish va sotish bilan bog‘liq holatlar ko‘payadi.
Xususan, kuni kecha Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Buxoro shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro R.S. to‘xtatilib uning qo‘l yuklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida 3 ming dona pirotexnika vositalarini borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro K.Z.ning Buxoro shahridagi yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu xonadonning yerto‘lasida 3 ming donadan ortiq pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, yana bir holatda fuqaro K.M. 427 dona pirotexnika vositalarini pullayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi