Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev o‘z oilasi bilan qish faslida tog‘li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o‘rganish, qish faslida qishloq ahli hayoti, oddiy kun kechinmalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, his etish uchun bir tun qishloqda mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan tumanning eng chekka tog‘li qishlog‘i Soyg‘o‘sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Soyg‘o‘s mahallasi tumanning eng chekka tog‘li hududi oxirgi qishlog‘i hisoblanadi, bu yerda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
“Qishloq ahli odamlariga ta’zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham yetarli, hokimlikning bu yerlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o‘zim bajarishim kerak bo‘lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim. Rejalar tuzdim.
Foto: O‘zA
Xalqqa yaqinlik odamni o‘zligiga, ezgulikka chorlaydi. Sandal atrofida bobolar bilan qishloq tarixi, buguni, kelajagi haqida uzun suhbatlar qurdim. Bolalarimga ham o‘zimning shunday kechgan yoshligim haqida so‘zlab berdim. Qishloq xalqi boshqacha, ularning fazilatlarini ta’riflashga til ojiz, buni yurakdan his qilish kerak“, deydi Urgut tumani hokimi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi