
Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Mazkur hodisa 9 dekabr kuni ro‘y bergan, bu payt orol va uning atrofida 47 kishi, jumladan, mahalliy aholi hamda Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va Malayziyadan kelgan sayyohlar bo‘lgan.
Vulqon otilishidan keyin rasmiylar 9 nafar qurbon haqida xabar berdi, keyinchalik bir kishi kasalxonada olamdan o‘tdi. 13 dekabr kuni tashkil etilgan qidiruv operatsiyasi davomida 6 kishining jasadiga duch kelingandi.
Yangi Zelandiya radiosiga ko‘ra, kasalxonada jabrlanganlardan yana biri vafot etgan.
Hozirda ikki kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Ma’lumot uchun, Uayt-Aylend Yangi Zelandiyadagi yagona faol vulqon oroli hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar