17:10 / 28.12.2019
5 528

Yulduz Usmonova deputatlar faoliyatini tanqid qildi

Yulduz Usmonova deputatlar faoliyatini tanqid qildi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Darakchi” muxbiri Aliya Sulaymanova bilan suhbatda deputatlarni tanqid qildi. Xususan u deputatlar haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

— Bugun esa va’dani berib, ko‘zlagan maqsadiga erishguncha bir qop un bilan aldaganlarni eshityapman. Qopdagi un tugaydi, odamlarning muammosi-chi? Uni kim hal qiladi?

- Bugungi kundagi san’atkor deputatlarga kelsak, aslida, san’atkorni bu jarayonda bir ko‘prik sifatida ko‘raman. Chunki ular xalq va siyosat o‘rtasida bog‘lovchi bir vosita. Deputat bu o‘yin yoki qo‘g‘irchoq emas! Deputat bo‘ldingmi, ishlash kerak! Xalqni dardi bilan yashasin! Chunki bugunning odamlari hamma narsani tosh-tarozisini yaxshi tushunib olgan. Bugun ovoz bergan nomzodidan ertaga albatta natija kutadi. Men ham xalq vakiliman. Endilikda men ham xalqimning yonida tengma-teng turib deputatlarning gaplariga javob so‘rab olaman.

Bergan va’dalarini amalda bajarishini albatta talab qilaman! “2,5 mln. so‘mga oila boqsa bo‘ladi, go‘shtni ko‘p yemang!” degan gaplar endi o‘tmaydi. Deputat bu — yangi qonun chiqsa, uni qo‘llab-quvvatlab qarsaklar bilan kutib oluvchi “funksiya”ni bajarmaydi! Ular xalqning manfaatini ustun qo‘yib ishlashi shart! Kerak bo‘lsa, Senat vakillari bilan talashib tortishsin! Yurtboshimiz ta’kidlagandek, deputatni xalq saylaydi va endi ulardan talab qilamiz
, - deydi Yulduz Usmonova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yulduz Usmonova deputatlar faoliyatini tanqid qildi