
«O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatga asosan, regulyatorning avvalgi nizomlarga oid o‘nga yaqin qarorlari o‘z kuchini yo‘qotadi.
Yangi tahrirdagi nizom Fuqarolik kodeksi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi, «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi hamda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida to‘lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Loyiha muhokamasi 18 yanvarga qadar davom etadi.
Naqd PulsizHisob-KitoblarO‘zbekiston RespublikasiMarkaziy BankNizom LoyihasiFuqarolik Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar