10:00 / 05.01.2020
2 737

«O‘zavtosanoat» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

«O‘zavtosanoat» raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Foto: O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi
Sardor Tojiyev «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ ma’lumot yagona portalida xabar berilgan.

U kompaniya boshqaruvi raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Sardor Tojiyev oldinroq «O‘zavtosanoat» Strategik rejalashtirish boshqarmasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya boshqaruvi raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha avvalgi o‘rinbosari Umidjon Salimov 2019 yilning yanvarida Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tganidan beri (Salimov 2019 yilning iyulida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan) bu lavozim bo‘sh qolayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zavtosanoat» raisiga o‘rinbosar tayinlandi