date
views 3 375

Qamoqdagi mahbuslarning o‘zaro oqibatlari...

Qamoqdagi mahbuslarning o‘zaro oqibatlari...
Ular to‘rt oy bitta kamerada birga o‘tirdilar. Bir-birlariga shunday o‘rganib qoldilarki, o‘rtalarida go‘yo to qiyomatgacha uzilmaydigan bir do‘stlik rishtalari bog‘langandek edi. Endi ularning do‘stligini hech kim buzolmas edi. Mana shu tor, zax va mushkul sharoitdagi to‘rt oy, ularni haqiqiy do‘stlarga aylantirib yubordi.

Ozodlikda yurganlaridagi bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini esga oldilar... Eslab, xijolat bo‘ldilar...

Ha! Ular avvaldan bir-birlarini tanir edilar. Lekin arzimagan mayda masalalar tufayli bir-birlari bilan tortishaverar edilar. Ba’zan bir-birlariga dushmandek muomala qilar edilar. Ularning ustozlari xar hil edi-da. Yo‘llari go‘yo turlicha edi-da...

Bir kuni mahbuslardan biri dedi:
– Birodarlar! Albatta bilasizlar, bizni bu yerga tushishimizning asl sababi, qadari ilohiydir. Albatta buning bir hikmati bor. Qadar nuqtasidan muhaqqaq biz bunga loyiq ish qilganmiz. Endi qarang, biz bu yerda shunday haqiqiy do‘stlarga aylandik. Koshki, shu birodarligimizni ko‘chada qilganimizda edi... Balki bu yerda o‘tirmagan bo‘lar edik.

To‘rtovlari ham bu so‘zni qalblari bilan tasdiqlab, qizarib yerga qaradilar...
Ajabo, insonlar bir-birlarini faqat qiyinchilik zamonidagina qadrlaydilarmi?
Do‘st bo‘lish uchun bir musibat kelishi shartmi?

Shoolim Shomansurov

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamoqdagi mahbuslarning o‘zaro oqibatlari...