23:30 / 11.01.2020
3 681

Chilonzorda qonli YTHni sodir etgan BMW haydovchisi topildi

Chilonzorda qonli YTHni sodir etgan BMW haydovchisi topildi
Foto: «Iibb.uz»
Shu yilning 9 yanvar kuni soat taxminan soat 23.20da Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida «BMW» hamda «LACETTI» rusumli avtomashinalar ishtirokida mudhish yo‘l transport hodisasi yuz berib, ikki mashina ham yonib ketgandi.

«LACETTI» rusumli avtomashinaning haydovchisi va yo‘lovchisi 6 yoshli D.M. qutqarilib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, yana ikki yo‘lovchi — 44 yoshli I.M. va 8 yoshli Ya.M. esa voqea joyida halok bo‘lishgandi. «BMW» avtomobili haydovchisi voqea joyidan qochib ketgandi.

IIBB xabariga ko‘ra, ikki nafar yo‘lovchining halok bo‘lishiga, yana ikki kishining shifoxonaga tushishiga sababchi bo‘lgan o‘sha haydovchining shaxsi aniqlandi.

U «BMW» avtomobili egasi K.M.ning o‘g‘li, 30 yoshli Nurbek T. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirgi vaqtda u qo‘lga olingan. YTH vaqtida Nurbek T. spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan, bu haqda narkologik ekspertizaning xulosasi bor. Qo‘lga olingan shaxsning yuzida YTH vaqtida yetgan va jiddiy bo‘lmagan tan shikastlari mavjud.

Sud Nurbek T.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan. Tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda qonli YTHni sodir etgan BMW haydovchisi topildi