23:47 / 18.01.2020
2 394

58 nafar oliy ta’lim xodimi abituriyentlarni o‘qishga kiritaman deb qo‘lga tushgan

58 nafar oliy ta’lim xodimi abituriyentlarni o‘qishga kiritaman deb qo‘lga tushgan
18 yanvar kuni Bosh prokuraturada bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama qilindi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning ma’ruzasida aytilishicha, o‘qishga kiritish vaji bilan 115 nafar, jumladan, 58 nafar oliy va 57 nafar o‘rta maxsus ta’lim xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Masalan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘qituvchisi K. fuqaro D.ni institutning buxgalteriya fakulteti sirtqi yo‘nalishiga o‘qishga kiritish uchun 10 ming AQSH dollari olganda ushlangan.

Qarshi davlat universitetining prorektori N. maxsus sirtqi bo‘limga kirish imtihonlaridan o‘ta olmagan O.ni o‘qishga kirishida yordam berish vaji bilan 3 ming AQSH dollari olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ijodiy imtihon jarayonlari xolis va adolat bilan o‘tkazilmayotganligi tanqid ostiga olindi.
Xususan, Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi S., qabul komissiya a’zosi ekanligidan foydalanib, fuqaro A.ni ijodiy imtihondan yuqori ball olishida yordam berish evaziga 6 ming AQSH dollari olganda ushlangan.

So‘nggi ikki yilda 21 nafar talabaning bunday jinoyatlarga aralashib javobgarlikka tortilganligi tizimdagi korrupsiya oqibati sifatida keskin tanqidga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 58 nafar oliy ta’lim xodimi abituriyentlarni o‘qishga kiritaman deb qo‘lga tushgan