Ikki kun avval Xitoydan kelgan talaba yigit koronavirus bilan gumonlanib Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.
Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan kasalxona vrachining aytishicha, isitma va bosh og‘riqdan shikoyat qilgan bemor 1 fevral kuni shifoxonaga murojaat qilgan.
Bemor boshqa kasallardan bo‘shatilgan alohida palataga yotqizilgan.
Kasalxona vrachi tekshirishda koronavirus aniqlanmaganini aytmoqda.
Andijonning Jalaquduq tumanidan bo‘lgan bemor ikki kun avval Xitoydan kelgani, Toshkent aeroportida hech kim uni tekshiruvdan o‘tkazmaganini shifokorlarga aytgan. Bemor shifoxonaning 2-bo‘limidagi alohida palataga olingan, barcha shifokorlarga maska taqish buyurilgan.
“Isitma 37,5, boshqa hech narsa yo‘q. Na tomoqda qizarish, na kataral belgi, na yo‘tal, na ko‘z qizarishi bor. Lekin, koronavirus emas. Shunga qaramay bemor alohida palataga olindi”, - dedi shifoxonaning bosh vrachi yordamchisi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?