date
views 3 024

DXX 200 ming AQSH dollari va 4,1 mln. Rossiya rublini olib chiqib ketayotgan fuqaroni ushladi

DXX 200 ming AQSH dollari va 4,1 mln. Rossiya rublini olib chiqib ketayotgan fuqaroni ushladi
1989 yil tug‘ilgan fuqaro Sh.B. 200 ming AQSH dollari hamda 4,1 mln. Rossiya rublini Qirg‘izistonga olib chiqayotganida DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.

Shuningdek, shunga o‘xshash holat Namanganda ham yuz bergan. Kosonsoy tumanining chegaraoldi hududi hisoblangan «Xonqo‘rg‘on» mahallasida fuqaro A.E. 119 ming 960 AQSH dollarini Qirg‘izistonga olib chiqayotganida DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Milliy valyuta hisobida umumiy qiymati 3,6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni noqonuniy olib chiqishga qaratilgan ushbu holat yuzasidan DXX tergov idoralari tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX 200 ming AQSH dollari va 4,1 mln. Rossiya rublini olib chiqib ketayotgan fuqaroni ushladi