O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi yangi davlat organi tashkil etiladi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi yangi davlat organi tashkil etiladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organini tashkil etish, faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organining O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Oliy Majlisiga hisobdorligi nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, IIV, DXX, Adliya vazirligi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar