Foto:«Novosti Tashkentskogo Neba»
Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmoyishga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda:
- bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
- himoya qiluvchi kombinezon;
- yuz uchun filtrlovchi niqob;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka.
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuborildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilandi.
Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi respublika to‘qimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi