14:30 / 14.02.2020
3 673

Bugun Bobur tug‘ilgan kun. U ichkilikni qanday man qilgan edi?

Bugun Bobur tug‘ilgan kun. U ichkilikni qanday man qilgan edi?
Bugun Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. U hayoti davomida saltanatni boshqarish bilan birga ijodiga ham birdek e’tibor berdi.
Hukmdor sifatida esa har doim adolatga e’tibor berdi. Quyida u tomonidan 1525 yilda Hindistonning zabt etilishi sharafiga ichkilikni man qilish haqida berilgan oliy farmondan parcha keltiriladi.

«Bu orzu va bu osoyishtalik to‘la-to‘kis oxiriga yetgandan keyin, olam bo‘ysunishi lozim bo‘lgan farmon ijro sharafiga erishdiki, tinch saqlangan mamlakatda (Alloh ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin.

Bu hukm ulug‘ podshoh imzosi bilan yetishsa, e’timod qilsinlar.
Amri oliy bilan 932 yil 24 jumadul-avvalda yozildi...
»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Bobur tug‘ilgan kun. U ichkilikni qanday man qilgan edi?