
Foto: IIV YHXBB
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 yo‘lining 984-kilometrida 22 fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 03:30 da inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
IIV YHXBBdan ma’lum qilishlaricha, shu tumanda yashovchi fuqaro N.S. GAZ-5327 rusumli yuk mashinasini Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, rulda uxlab qolishi sabab mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida yuk mashinasi salonida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i — Sh.S. va voyaga yetmagan farzandi — S.T. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar