Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lash tartibi va miqdori haqida ma’lumot berdi.
Quydagi nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,7 foizidan (358 007 so‘mdan) ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi:
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
1 ta bolali oilaga — 131 000 so‘m;
2 ta bolali oilaga — 217 000 so‘m;
3 va undan ortiq bolali oilaga — 304 000 so‘m;
2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa — 434 000 so‘m;
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam — 326 000 so‘mdan 653 000 so‘mgacha.
Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi 3 oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi