2 869
Bojxonachilar 7 bosh maymunning mamlakatdan yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
O‘z manfaatlarini barcha narsadan ustun qo‘yib, bojxona qoidalarini buzishga urinayotgan shaxslarning qilmishlari o‘z vaqtida fosh etilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga o‘zining “Leksus RX 330” avtoulovida chiqib ketayotgan fuqaro B.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu fuqaro o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, avtomashinada bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 100 million so‘mlik bir bosh “Oqpanja gibbon” va olti bosh “Yavana makakasi” turidagi maymunlar borligi aniqlandi.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Hozirda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan maymunlarning sog‘ligi veterinar-shifokorlar nazoratida bo‘lib, yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 408-sonli Qonuni talablariga muvofiq, hayvonot dunyosi obektlarini olib kirish va olib chiqish belgilangan tartibda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?