15:00 / 08.03.2020
2 998

Siz mustaqil insonmisiz?

Siz mustaqil insonmisiz?
Ayrim hollarda hech kimdan maslahat so‘ramasdan va ma’suliyatni boshqalarga yuklamasdan bir qarorga kelish muhim ahamiyatga ega. Bir so‘z bilan aytganda, inson har qanday sharoitda ham mustaqil ishlay olishi kerak. Xo‘sh, siz mustaqil insonmisiz? Savollarga javob berib ko‘ringchi.

1. Do‘stlar davrasida o‘tirganingizda hech kimga maqul tushmagan bir fikr uchun oxirigacha kurashasizmi?
A) Ha, oxirigacha!
B) Yo‘q, boshqalarga qarshilik bildira olmayman;
V) Men o‘zimga o‘xshab fikrlaydigan boshqa kishini izlayman.

2. Ota-onangiz dala hovliga ketishgan. Uyga qaytganingizda oshxonadagi vodoprovod quvuri teshilib, qo‘shnilaringizni uyini suv bosganini bilib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz?
A) Yaxshisi, vaqtinchalik ko‘rinmay yuraman;
B) Tamirlash uchastkasiga qo‘ng‘iroq qilib, ustani chaqiraman;
V) Ehtimol, ota-onam qaytishini kutarman.

3. Do‘stlaringiz bilan dam olishga chiqmoqchisiz. Safar narsalarini oldinroq tayyorlab qo‘yasizmi?
A) Odatda bunday vaziyatda ashyolarimni onam taxlaydilar;
B) Xa, hammasini o‘zim joylashtiraman;
V) Axir men olis qoraqalpog‘istonga ketmayapman-ku!

4. Kasb tanlash-juda masuliyatli ish. Maktabni tugatganingizdan keyin qayerda o‘qish yoki ishlashni hal etganmisiz?
A) Tanlab nima qilaman? Men allaqachon qaysi oliy o‘quv yurtiga kirishimni rejalashtirib qo‘yganman;
B) Otam-onam joylashtirishar;
V) Do‘tlarim bilan maslahatlashaman.

5. Imtihonlar- jiddiy masala. Unda faqat omadga ishonishning o‘zi bo‘lmaydi. Odatda imtihonlarga qanday tayyorlanasiz?
A) Har kuni o‘tirib yodlayman yoki shpargalkalar yozaman;
B) Unchalik jiddiy shug‘ullanmayman, chunki kimdir
hamisha yordam beradi;
V) Hammasi omadga bog‘liq.

6. Qattiq sevib qolgan qaylig‘ingiz haqida do‘stlaringiz nima deb o‘ylashi bilan qiziqasizmi?
A) Munosabatimizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
darajada emas;
B) Bunga zarracha etibor bermayman;
V) Albatta! Axir ular do‘stlarim.

7. Chiroyli libosni ko‘rib qoldingiz va uni sotib olmoqchisiz. Ammo do‘stingiz bunday kiyimni allaqachon hech kim kiymasligini aytdi. Sizning munosabatingiz?
A) Agar shu kiyim menga yoqib qolsa, hech kimga quloq
solmayman;
B) Ehtimol, haqiqatan ham hech kim kiymas;
V) Men yana boshqa kishi bilan maslahatlashib ko‘raman.

8. Siz qandaydir qiziq bo‘lmagan filmni oxirigacha ko‘rishingiz kerak, chunki do‘stlaringiz uni zo‘r deb maqtashgandi...
A) Albatta, axir uni do‘stlarim bilan muhokama qilaman;
B) Hech qachon!
V) Anig‘ini aytolmayman.

Test kaliti:
№12345678
A06360636
B30636303
V63003060

Natijalar talqini:
0-18 ball - Ehtimol, siz haddan ziyod mustaqil shaxsdirsiz. Ishingizga kimdir aralashishini yoqtirmasangiz-da, boshqalar fikriga quloq solmaysiz. Qabul qilgan qaroringizning ijobiy va salbiy tomonlarini yuz foiz baholay olishingizga ishonchingiz komilmi? Intilish-yaxshi, albatta, ammo qaysarlik.

21-33 ball - Siz mustaqil insonsiz. Ammo bu xususiyat atrofdagilar fikriga quloq solishingizga xalaqit bermaydi. Shu bilan birga masuliyatni, qarorlarni o‘zingiz qabul qilasiz. Bu yaxshi! Chunki masuliyatdan qo‘rqmaysiz, aytgan so‘zingizni o‘ylab ko‘rish va hatti-xarakatingizni oldindan rejalashtirib ko‘rishga xarakat qilasiz.

34-48 ball - Nima sababdan bunchalik tortinchoqsiz, siz mustaqil qadam tashlashdan qo‘rqasiz. Ertami kech qaysidir o‘rtog‘ingiz sizni va fikringizni pisand qilmayotganini sezib qolasiz. Sababi-hur fikrning o‘zi yo‘q sizda! Mustaqil bo‘lishga urinib ko‘ring!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Siz mustaqil insonmisiz?