18:45 / 04.03.2020
4 422

Bo‘kalik otaga farzandi 70 mln. so‘m to‘ladi

Bo‘kalik otaga farzandi 70 mln. so‘m to‘ladi
Majburiy ijro byurosi Bo‘ka tumani bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor B.Toirovdan, undiruvchi M.Abdunabiyeva foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Bir necha yillar davomida qarzdor ota aliment pullarini muntazam to‘lashdan voz kechib, qochib yurgan. Ammo uddaburon alimentchi oxir oqibat qonun oldidagi javobgarlikdan hech qayoqqa qocholmadi.

Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor B.Toirovdan undiruvchi M. Abdunabiyeva foydasiga yillar davomida yig‘ilib qolgan 70 mln. so‘m aliment qarzdorligi undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘kalik otaga farzandi 70 mln. so‘m to‘ladi