10:27 / 05.03.2020
3 583

Qashqadaryoda sudya sud zalida blogerni 15 sutkaga qamatish bilan tahdid qilgani rostmi? (video)

Qashqadaryoda sudya sud zalida blogerni 15 sutkaga qamatish bilan tahdid qilgani rostmi? (video)
Kecha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar ma’muriy sudida avtobloger Maqsud Muzaffarovning ishi ko‘rib chiqildi. Sud ishini yoritish uchun tashrif buyurgan “Yakkabog‘24” sahifasi blogeri Komil Faxriddinov shaxsini tasdiqlovchi hujjat tariqasida yangi tartibdagi avtomobil guvohnomasini ko‘rsatgan. Huquq-tartibot xodimlari esa, uni tekshirib, sud zaliga kirishi uchun ruxsat bergan.

Sud boshlanishi arafasida sudya Qilichov Baxtiyor blogerga "Avtomobil guvohnomasi bilan kirish mumkin emas, chiqib keting", deb aytgan. Vaholanki, avtomobil guvohnomasi ham shaxsni tasdiqlovchi hujjat qatoriga kiradi va u bilan bemalol sud zaliga tashrif buyurish mumkin.

Bloger bu holat haqida o‘z telegram kanalida batafsil yozib chiqishini aytib, sud zalidan chiqib ketayotganida, sudya huquq tartibot xodimlariga blogerni ushlashni buyuradi. Keyin esa blogerni sudga bosim o‘tkazishda ayblab, 15 sutkaga qamatish bilan qo‘rqitadi. Avtobloger Maqsud Muzaffarovga esa "Sen blogerlarni olib kelib, sudga nisabatan bosim qilmoqchi bo‘lding. Javobgarlikka tortilasan", deb aytadi.

Bundan tashqari sudya janoblari Maqsud Muzaffarovning YPX xodimiga qarshi kiritgan da’vo arizasini ko‘rib chiqishni ochiq tarzda rad etgan. Sudyalar uchun alohida qonun joriy qilinganmi? Bu holat bo‘yicha izoh kutib qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda sudya sud zalida blogerni 15 sutkaga qamatish bilan tahdid qilgani rostmi? (video)