Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Farg‘ona Davlat Universitetida kirish imtihonlari natijalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan JKning 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Tergovda aniqlanishicha, Farg‘ona Davlat Universiteti prorektori A.A. 2019-2020 o‘quv yili uchun “Jismoniy madaniyat” imtihon komissiyasining mas’ul kotibi etib tayinlanib, 2019 yil iyul oyida o‘tkazilgan “Jismoniy madaniyat” fakultetiga kirish imtihonlari jarayonida komissiyaning boshqa a’zolari bilan jami 18 nafar abituriyentlarning imtihon natijalarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatib, soxtalashtirishlari natijasida ushbu abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan.
04.03.2020 yilda shahar prokuraturasi tomonidan Universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi