
Toshkent shahrida 8 mart kuni tongda ko‘p qavatli uylardan birining oldidagi avtoturargohda qoldirilgan BMW X5 va Mercedes GLC avtomobillari yonib ketdi. Hodisa joyidan olingan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Yong‘in nima sababda kelib chiqqani noma’lum, hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilganicha yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda qimmatbaho avtomobillar qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zararlanganini ko‘rish mumkin.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala mashina bir ayolga tegishli bo‘lgan.

Foto: Telegram / @shopirlar

Foto: Telegram / @shopirlar

Foto: Telegram / @shopirlar
— Shukhrat (@bankir2102) March 9, 2020
ToshkentMartAvtomobillarYong'inAyolga TegishliIjtimoiy Tarmoqlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar