07:30 / 16.03.2020
10 597

Koronavirus qanday haroratda tarqalmasligi ma’lum qilindi

Koronavirus qanday haroratda tarqalmasligi ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Xitoylik tadqiqotchilarning aniqlashicha, koronavirusning tarqalishi uchun mukammal sharoitlar +5 darajadan 8,72 darajagacha iliq harorat va 35-50 foiz namlik hisoblanar ekan.
Bu haqda Xitoyning Sun Yatsen universitetiga tayanib “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Xitoylik mutaxassislar koronavirusdan kasallanishning 20 yanvardan 4 fevralgacha holatini tahlil qilishgan. Bu vaqtda Xitoyda va yana 26 ta davlatda 24139 nafar kasal qayd qilingan. Ulardan 68 foizi virus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan bo‘lgan.

Olimlar virusning inkubatsion davri hamda turli shaharlarda kiritilgan karantin chora-tadbirlarini hisobga olishgan. Tadqiqot havo harorati 8,7 darajadan oshishi bilanoq virus faolligi darhol pastlay boshlaganini, 30 daraja issiqda esa uning yuqish tezligi nolga tenglashganini ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus qanday haroratda tarqalmasligi ma’lum qilindi