Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov lavozimini tark etdi

Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov lavozimini tark etdi
Bahodir Toshmatov / videoskrinshot
Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov lavozimini tark etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yangi qo‘mondon tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, general-mayor Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimini egalladi.
Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov lavozimini tark etdi
Rustam Jo‘rayev
U bu lavozimda 2017 yilning avgustidan buyon ishlab kelgan Bahodir Hamidovich Toshmatov o‘rnini egalladi.
Rustam Jo‘rayev 2018 yilning fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Toshmatov 2019 yilning yanvarida general-polkovnik harbiy unvoni bilan taqdirlangandi. U lavozimini nega tark etgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar