Bugun, 19 mart kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochisiga «Kobalt» rusumli avtomobilni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz'ga ma’lum qildi.
Okrug tasarrufidagi doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ilg‘or harbiy xizmatchilarga imtiyoz asosida avtomobil berilmoqda. Serjant Karim Maxmaraimov «Jangovar vzvod yili»da harbiy-amaliy, jangovar mashqlarda hamda kundalik xizmatda namuna bo‘lgani uchun okrug tarixidagi birinchi avtomobil sohibiga aylandi.
Serjant Karim Maxmaraimov Mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan «Tashabbuskor g‘oya» asosida harbiy ixtirochilik yo‘nalishida ham ko‘plab izlanishlar olib borgan. U zirhli texnikadagi 14.5 mm.li plumyot qurolini o‘qlash mexanizmini soddalashtirib, qurolni jangovar otish imkoniyatini oshirgan.
Shu alohida ta’kidlash kerakki, aprel oyida yana 10 nafar ofitser va serjantlarga 10 yil muddatga imtiyozli kredit asosida avtomobil topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Samarqand, Jizzax va Navoiy garnizonida xizmat qilayotgan harbiylarni farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun 90 ta imtiyozli tavsiyanoma berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi