09:19 / 20.03.2020
6 600

Toshkent-Nurafshon yo‘lida “Damas” yonib ketdi (video)

Toshkent-Nurafshon yo‘lida “Damas” yonib ketdi (video)
19 mart kuni soat 17:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida haydovchi B.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu yong‘in holati aks etgan video tez fursatda internet tarmog‘ida tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent-Nurafshon yo‘lida “Damas” yonib ketdi (video)