Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram kanalida bugungi kunda butun dunyoni egallagan koronavirus sababli yurtimizdagi karantin holatiga o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.⠀
- "Bugun hayotimizda ro‘y berayotgan voqealarga boshqa rakursdan qaralsa, odamzod qayta tarbiyalanayotganga o‘xshaydi. Uning yuziga ko‘zgu tutilgandek, go‘yo. Yaxshi bilan yomonni ajratib olish payti kelgandek. Alloh bizga sinov yuborib, o‘zimizni isloh qilishga, ko‘proq yaxshilik, ezgu ishlar amalga oshirishga undayotgandek. Koronavirus odamlar o‘z oilasi, yaqinlari bilan birlashib, oqibatni kuchaytirishi, insof, diyonatni targ‘ib etishi uchun yuborilganga o‘xshaydi.
⠀
Shunday davrda hammani uyda qolishga chorlab, o‘zlari ishlashda davom etayotgan sotuvchi, kassir, dorixonalar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, harbiy, shifokor, uchuvchilar jamoalari, haydovchilar, novvoylar va, eng asosiysi, jurnalist va blogerlar – ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda elimiz uchun o‘z sog‘lig‘i, hayotini xavf ostiga qo‘ygan barcha fidoyi insonlar! Sizga boshimiz yerga tekkuncha ta’zimdamiz. Siz ham uyingizda o‘tirishingiz mumkin edi. Ammo siz xalq xizmatida bo‘lishni tanladingiz. Buning savobi juda katta bo‘lsa kerak.
⠀
Siz bor ekansiz, biz xavotir olmasak ham bo‘ladi. Ilohim bu #sinovdavri dan birgalikda eson-omon o‘tib olaylik!", - deydi Saida Mirziyoyeva.
Manba: @SSHMirziyoyeva “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi