3 816
Koronavirus sababli o‘zbekistonliklar qaysi mahsulotlarni ko‘proq sotib olgani ma’lum qilindianiqlandi
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangani haqidagi xabarlardan keyin mamlakat aholisi oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlarning zaxirasini to‘plashga kirishdi. «Gazeta.uz» nashri mamlakatdagi uchta supermarketlar tarmog‘ida qaysi mahsulotlarga talab oshganligini o‘rgandi. Talab oshgan asosiy mahsulotlar qatoridan grechka, bug‘doy uni, makaron mahsulotlari, guruch, o‘simlik yog‘i, hojatxona qog‘ozi o‘rin olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida va mamlakatning sakkizta viloyatida faoliyat olib boradigan «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘ida 15—25 mart kunlari bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab 4—14 mart davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Xususan, grechkaning savdosi 15—25 mart kunlari 187,2 foizga o‘sgan bo‘lsa, bug‘doy uniga bo‘lgan talab 164,6 foizga oshgan. Makaron mahsulotlari savdosi 131,3 foizga, guruch savdosi 117,5 foizga va kungaboqar yog‘ining savdosi 92,7 foizga o‘sgan. Hojatxona qog‘ozi talab eng yuqori bo‘lgan oltita mahsulot qatoridan o‘rin olgan, mazkur mahsulotga bo‘lgan talab 83,6 foizga ko‘paygan.
Toshkent shahrida va mamlakatning oltita viloyatida o‘z supermarketlariga ega bo‘lgan Makro tarmog‘ida ham oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshgani kuzatilgan.
Tarmoqda bug‘doy uniga bo‘lgan talab 184 foizga, grechkaga bo‘lgan talab 157 foizga oshgani kuzatilgan. Kartoshka savdosi 152 foizga, makaron mahsulotlari savdosi 143 foizga, kungaboqar yog‘ining savdosi 128 foizga o‘sgan. Hojatxona qog‘ozining savdosi 95 foizga oshgani qayd etilgan.
Faqat Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan Havas supermarketlar tarmog‘ida qog‘oz sochiqlar savdosi 324 foizga oshgan. Shuningdek, kashalar va dukkakli mahsulotlarga bo‘lgan talab 224 foizga, o‘simlik yog‘iga bo‘lgan talab 174 foizga o‘sgan. Qog‘oz salfetkalar va hojatxona qog‘ozlari savdosining mos ravishda 162 va 157 foizga oshgani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi