O‘zbekistonda koronavirus uchun ommaviy test qilish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda epidemik noxush hududlardan kelgan va virus yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslardan laborator tahlillar olinayotganini ma’lum qildi.
«Koronavirus uchun ommaviy test olish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Bu imkonsiz va maqsadga muvofiq ham emas. Har bir test tizimi o‘tkazilgandan so‘ng o‘zini oqlashi va u iqtisodiy jihatdan ham befoyda bo‘lishi kerak emas.
Shuning uchun hozir O‘zbekistonda epidemik noxush hududlardan kelgan va virus yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslardan laborator tahlillar olinmoqda», dedi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
Bundan tashqari, Nurmat Otabekov koronavirus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqandan so‘ng nimalarga e’tibor berishi lozimligi to‘g‘risida ham ma’lumot berdi.
«Hozircha 8 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, ular kasallikdan xalos bo‘lgandan so‘ng reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Ma’lum muddat reabilitatsiya markazlarida saqlangandan so‘ng uylariga javob berildi.
Kasallikdan tuzalgan shaxslar ham uyda gigiyena qoidalariga rioya qilishi va uylarida ortiqcha odamlar yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasliklari, tibbiy xodimlar kuzatuvida bo‘lishlari shart», deydi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kasallikdan tuzalganlarda aksar holatlarda o‘pka yallig‘lanishi kuzatilishi tufayli ularga o‘pka faoliyatini tiklash uchun qo‘shimcha tavsiyalar ham beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi