
Bilasizlar, andijonliklar yangi tug‘ilgan chaqaloqni jiji deyishadi. Buxoroda ayolni kukragini jiji deyishadi. Ana endi egiz chaqaloq qilgan andijonlik ayolning buxorolik ayol bilan qilgan suhbatini eshiting va buxorolik ayolning holini tasavvur qiling:
– Kecha deng, jijimni ko‘rgani erimning o‘rtag‘lari kelishdi.
– Ibi, o‘lmasam! Eringiz nima dedi?
– Chiqarib ko‘rsat dedi.
– Ibi, o‘lib qo‘ya qolay, chiqarib ko‘rsatdingizmi?
– Ha, ko‘rsatdim. Ikkoviniyam chiqarib ko‘rsatdim.
– Sharmanda! Eringizning jo‘ralari nima qildi?
– Jijilarimga pul qistirishdi!
– Ibi, sharmanda, eringiz indamadimi?
– Jo‘ralariga ko‘proq pul qistiringlar, qurumsoqlar, dedi.
– Jijingizni yashirmadingizmi, uyatsiz?
– Voy, nega yashiraman? Jo‘ralarining qo‘liga berdim, o‘ynatib o‘tirishdi.
– Ibi, man o‘lay, ular nima deyishdi?
– Eringiz ko‘p o‘ynatadi, shekilli, ikkoviyam katta bo‘lib qolishibdi, deyishdi. Men bittasi sal kattaroq, topinglar-chi, qaysi kattaroq, dedim. Ular navbatma-navbat qo‘llariga olib ko‘rishdi, ammo topa olmadilar qaysi kattaligini. Ketishlarida hamma jo‘ralari ikkala jijimni ham o‘pib-o‘pib ketishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar