
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 aprel Toshkent vaqti bilan soat 22:00 holatiga ko‘ra, 17 nafarga oshib, 641 kishiga yetganini ma’lum qildi.
Avvalroq 10 aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holati bo‘yicha virusni yuqtirib olganlar soni 42 nafarga oshib, 624 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15 martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.
O‘zbekistonda 4—7 aprel kunlari koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar ayniqsa ko‘p qayd etildi. Xususan, 6 aprel kuni 115 kishida koronavirus aniqlangan — bu kunlik rekord; shuningdek, 6 aprel soat 10:00 dan 7 aprel soat 15:00 gacha bo‘lgan oraliqda Buxoro (65 nafarga) va Qoraqalpog‘istonda (sakkiz barobarga) bemorlar soni keskin ko‘paygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar