2 912
O‘zbekistonda karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi
Belgilangan muddatda kontrakt pulini to‘lamagan, stipendiyasiz kontrakt pulini to‘lagan va fanlardan qarzdorligi mavjud talabalarga mart oyi uchun stipendiya berilmagan. Bu haqda 18 aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
«Karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lab berilmoqda. Faqat to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Naqd pul ko‘rinishida olinayotgan stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tushirib beriladi.
Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uchun stipendiya to‘lab berilgan. Shu bilan birga ayrim hollarda to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi, akademik qarzdorliklari yoki bank plastik kartasi berilmaganligi bois stipendiya to‘lashda kechikishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Mazkur masalalar bo‘yicha talabalar dastlab oliy o‘quv yurtiga, so‘ngra vazirlikka murojaat qilishi mumkin», — dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev.
Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar belgilanmagan. Hech kim talabalardan imkonsiz narsani bajarishni talab etmayapti. 15 apreldan e’tiboran aprel oyi stipendiyalarini plastik kartalarga ko‘chirish boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida