Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalingan bir bemor bugun pnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar qildi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 6 nafarga yetdi.
«Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi Sh. yurak ishemik kasalligi, gipertoniya ikkinchi darajasi, aterosklerotik kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.
Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda Covid-19 koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. 73 yoshli (erkak) ushbu bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.
Biroq kardiolog, virusolog, pulmonolog, terapevt, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”